Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti

Fakultet dekani

Isaqov Abdusaid Jalilovich

Texnika fanlari doktori

Qabul kunlari: Chorshanba: 10:00-13:00

tel.: (+99871) 237-19-69

Е-mail: a.isaqov@tiiame.uz

Veb-sayt: www.earw.tiiame.uz

 


Fakultet haqida

Institut tarixida o‘z  o‘rniga ega bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 1961 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini yangi bosqich sifatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yo‘nalishida kadrlar tayyorlashdan boshlagan. Fakultet tarkibidan 1978 yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish yo‘nalishi alohida fakultet sifatida ajralib chiqqan va uch yildan so‘ng 1981 yilda qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish fakulteti bo‘lib qayta birlashgan. Ushbu fakultetning rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, professor P.V.Baydyuk, taniqli professorlar S.M.Majidov, M.F.Zaripov, M.I.Ismoilov dotsentlar M.S.Mushkatin, V.I.Sokolov, I.P.Osika, A.D.SHishkin, M.M.Egamberdieva, katta o‘qituvchilar A.M.Pelipenko, E.D.Toshev, YU.A.Getman, S.X.Alievlar katta hissa qo‘shganlar. Turli vaqtlarda fakultetga I.A.Reynike, YU.S.Pershin, N.Z.Zakirov, N.K.Muqumbaev, B.SH.Fayzullaev, A.R.Radjabov, M.I.Ismailov, X.M.Muradov, A.D.Raxmatov, M.E.Mamedshaxov, SH.E.Berdiev, A.X.Vaxidovlar rahbarlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi «Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3003-sonli qarori asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida «Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» fakulteti qayta tashkil etilib, uning tarkibiga Toshkent davlat agrar universitetining tegishli kafedralari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kelib qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli qarori asosida fakultet nomi «Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti» deb nomlandi. Bugungi kunda fakultetda 1000 ga yaqin bakalavr va 16 nafar magistrlar ta’lim olmoqda va fakultetga texnika fanlari doktori, professor Abdusaid Jalilovich Isaqov rahbarlik qilmoqda. Fakultetda 5ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, 5111021-Kasb ta’limi (5430200-Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish), 5310200-Elektr energetika (suv xo‘jaligida),  5313200-Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar) va 5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish   va boshqarish (suv xo‘jaligida) hamda 4 ta magistratura mutaxassisligi 5A430201-Agrosanoat majmui elektrotexnik uskunalari va elektr ta’minoti, 5A310201-Elektr ta’minoti (suv xo‘jaligida), 5A311001-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (suv xo‘jaligida) va 5A430501-Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Fakultetda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari”, “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish”, “Texnologik jarayon va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” va “Elektrotexnika va mexatronika” kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda.